📚 KITOBXONLIK — MA’NAVIYAT MANBAI!

Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 3-kurs “Davolash ishi” 24-05 guruhi o‘quvchilari ishtirokida mazmunli kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.
📖 Tadbir davomida buyuk qirg‘iz adibi Chingiz Aytmatovning “Jamila” qissasi keng muhokama qilindi. Asarning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan insoniylik, muhabbat, sadoqat va hayotiy tanlov kabi g‘oyalar atroflicha tahlil qilindi.
💬 O‘quvchilar asar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, qahramonlarning xarakteri va hayotiy qarashlari haqida fikr almashdilar.
📚 Bunday kitobxonlik tadbirlari yoshlarning kitobga mehrini oshirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda ma’naviy dunyoqarashini boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✨ Kitob o‘qigan inson — fikrlaydi, izlanadi va kamol topadi!
