🚫 BIZ YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA YO‘Q DEYMIZ!

Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Biz yoshlar giyohvandlikka yo‘q deymiz!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
🎯 Tadbirning asosiy maqsadi — o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’molining salbiy oqibatlari haqida tushuncha berish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda yoshlarning zararli illatlarga qarshi mustahkam hayotiy pozitsiyasini shakllantirishdan iborat.
🗣️ Tadbir davomida giyohvandlikning inson salomatligi, oila farovonligi va jamiyat kelajagiga yetkazadigan zararlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Yoshlar o‘z salomatligini asrash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport bilan shug‘ullanish va zararli odatlardan yiroq bo‘lishga chaqirildi.
💚 Biz sog‘lom hayot tarafdorimiz!
💪 Biz sog‘lom kelajak uchun kurashamiz!
🇺🇿 Biz yoshlar giyohvandlikka yo‘q deymiz!
