Yangiliklar

263

“SPORT LIGASI” DOIRASIDA SPORT MUSOBAQALARI O‘TKAZILDI!
Yangilik

“SPORT LIGASI” DOIRASIDA SPORT MUSOBAQALARI O‘TKAZILDI!

✨ Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Sport ligasi” doirasida sport musobaqalari tashkil etildi. 💪 Musobaqa davomida o‘quvchilar sportning quyidagi turlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar: 🏀 Stritbol ♟ Shashka 🏐 Voleybol 🏓 Stol tennisi 🏅 Musobaqalarda o‘quvchilar faol ishtirok etib, chaqqonlik, epchillik, jamoaviy hamjihatlik va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar. 🎯 Bunday sport tadbirlari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda jismoniy faollikni oshirishga xizmat qiladi. Sport — sog‘liq garovi! 💪

Batafsil
 “KELAJAK SOATI” — JAMIYATDA YASHASH QOIDALARI
Yangilik

“KELAJAK SOATI” — JAMIYATDA YASHASH QOIDALARI

“KELAJAK SOATI” — JAMIYATDA YASHASH QOIDALARI 📅 2026-yil 21-sentyabr kuni Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti “Jamiyatda yashash qoidalari: ijtimoiy odob va mas’uliyat” mavzusida tashkil etildi. ✨ Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga jamiyatda o‘zini tutish madaniyati, odob-axloq me’yorlariga rioya qilish, kattalarga hurmat, tengdoshlar bilan to‘g‘ri munosabat o‘rnatish hamda jamoat joylarida o‘zini munosib tutish kabi masalalar yuzasidan tushunchalar berildi. 🤝 Shuningdek, har bir insonning jamiyat oldidagi mas’uliyati, o‘z xatti-harakatlari uchun javobgarlikni his qilishi, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini shakllantirishning ahamiyati haqida fikr almashildi. 🎯 “Kelajak soati” mashg‘ulotlari yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda ijtimoiy faollik, mas’uliyat va fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Batafsil
SPORT — SOG‘LIQ GAROVI!
Tadbir

SPORT — SOG‘LIQ GAROVI!

Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi jamoasi tomonidan “Sport — sog‘liq garovi” shiori ostida ertalabki badantarbiya va piyoda yurish mashg‘ulotlari tashkil etildi. 🌿 Mazkur mashg‘ulotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — jamoa a’zolari va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishning ahamiyatini keng targ‘ib etishdan iborat. 💪 Sog‘lom tana — sog‘lom hayot garovi!

Batafsil
RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Tadbir

RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat texnikumida rahbarlar va o‘quvchilar-yoshlar ishtirokida mazmunli uchrashuv tashkil etildi. 🤝 Uchrashuvda texnikum direktori M.O. Djurayev hamda Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi bosh mutaxassisi I.S. Sattorov ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordilar. Suhbat ishi 💪 yoshlarni ta'lim olish, kasbiy bilim va koʻrinishdagi yoshlarni rivojlantirish, boʻlgan vaqtlarini mazmunli qilish, ularning qiynayotgan masalalari hamda taklif va tashabbuslari. 🌱 Yoshlarning va takliflarini tinglash, ularning qo‘llab-quvvatlash fikri hamda kelajakdagi rejalarini amalga oshirish muhimga ko‘maklashish uchrashuvning yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. ✨ Rahbar va yoshlar oʻrtasida ochiq muloqot - hamkorlik va yangi tashabbuslar uchun muhim maydon!

Batafsil
 SPORT — SOG‘LIQ GAROVI! 💪
Tadbir

SPORT — SOG‘LIQ GAROVI! 💪

Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi jamoasi tomonidan “Sport — sog‘liq garovi” shiori ostida ertalabki badan tarbiya va piyoda yurish mashg‘ulotlari tashkil etildi. 🌿 Ertalabki jismoniy mashqlar va piyoda yurish xodimlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faollikni oshirish hamda ish faoliyatini ko‘tarinki kayfiyatda boshlashga xizmat qiladi. 💪 Sog‘lom tana — sog‘lom fikr! 🏃‍♂️ Harakat — salomatlik garovi! 🌿 Sog‘lom hayot sari birgalikda!

Batafsil
“KELAJAK SOATI” DARSI NAMUNALI TARZDA TASHKIL ETILDI
Tadbir

“KELAJAK SOATI” DARSI NAMUNALI TARZDA TASHKIL ETILDI

Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida o‘quvchi-yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashga undash maqsadida “Kelajak soati” darsi namunali tarzda tashkil etildi. 📝 Mavzu: “Inson kapitali nima va u nega muhim?” 💡 Dars davomida o‘quvchilarga inson kapitali tushunchasi, uning shaxs va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, bilim, ta’lim, kasbiy ko‘nikma, tajriba hamda salohiyatning inson hayotidagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi. 👩‍⚕️ Kelajakdagi tibbiyot mutaxassislari sifatida o‘quvchilarning bilimli, malakali, mas’uliyatli va raqobatbardosh kadrlar bo‘lib yetishishi uchun ta’lim olishga bo‘lgan mas’uliyatini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. 🌟 Bugungi bilim — ertangi imkoniyat, inson kapitali esa kelajak taraqqiyotining asosiy kuchidir!

Batafsil
navbatdagi ertalabki saflanish bo'lib o'tdi.
Tadbir

navbatdagi ertalabki saflanish bo'lib o'tdi.

14-sentabr kuni Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida navbatdagi ertalabki saflanish bo'lib o'tdi. 🎶 Saflanish O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijro etilishi bilan boshlandi. 📌 Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida: odob-axloq qoidalariga rioya qilish; texnikumning ichki tartib-intizomini saqlash; darslarga o‘z vaqtida va kechikmasdan kelish; mashg‘ulotlarda muntazam ishtirok etish; ustoz va murabbiylarni hurmat qilish; o‘zaro hurmat, hamjihatlik va sog‘lom muhitni mustahkamlash yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi. 🤝 Shuningdek, o‘quvchilarga texnikumning ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilish, ta’lim jarayonida faol ishtirok etish hamda o‘zlariga yuklatilgan vazifalarga mas’uliyat bilan yondashish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Batafsil
GIYOHVANDLIK - MILLAT KELAJAGIGA TAHDID!
Tadbir

GIYOHVANDLIK - MILLAT KELAJAGIGA TAHDID!

GIYOHVANDLIK — MILLAT KELAJAGIGA TAHDID! Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida talaba-yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va narkojinoyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik-tushuntirish tadbiri o‘tkazildi. 👮‍♂️ Tadbir davomida yoshlar bilan giyohvandlikning inson salomatligi, oilaviy muhit va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning og‘ir oqibatlari hamda narkojinoyatlarning oldini olish bo‘yicha atroflicha suhbat olib borildi. 📢 Suhbatda yoshlarni turli zararli illatlardan asrash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish va huquqiy bilimlarini oshirish muhimligi alohida ta’kidlandi. 💬 Talaba-yoshlarga giyohvandlikka olib keluvchi xavfli holatlardan ogoh bo‘lish, shubhali takliflarga aldanmaslik va o‘z kelajagiga mas’uliyat bilan yondashish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi. 💪 Biz sog‘lom avlod — sog‘lom jamiyat tarafdorimiz!

Batafsil
“YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!”
Tadbir

“YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!”

BIZ SOG‘LOM TURMUSH TARZI TARAFDORIMIZ! 📅 9-sentyabr kuni Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida “Yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida targ‘ibot chellenji tashkil etildi. 🎯 Chellenjdan asosiy maqsad — yoshlarni giyohvandlik va boshqa zararli illatlardan asrash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda yosh avlod orasida sog‘lom hayotga bo‘lgan intilishni kuchaytirish. 🙅‍♂️ Giyohvandlikka — YO‘Q! 💪 Sog‘lom hayotga — HA! 🌱 Sog‘lom yoshlar — sog‘lom kelajak!

Batafsil
Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!
Tadbir

Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!

“YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!” 💚 Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz! 📅 Joriy yilning 9-sentyabr kuni Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!” mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi. 🎨 Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tushuncha va ogohlikni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. 🖌 Tanlov davomida o‘quvchilar o‘z ijodiy ishlari orqali giyohvandlikka qarshi qat’iy munosabatini, sog‘lom va farovon hayotga bo‘lgan intilishini ifodaladilar. 🌱 Sog‘lom yoshlar — sog‘lom kelajak! 🚫 Giyohvandlikka yo‘q deymiz! 💪 Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!

Batafsil
YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
Yangilik

YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI

TERMIZ ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMIDA YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI! 📚 2-sentyabr — Bilimlar kuni munosabati bilan Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. 🎓 Tadbirni texnikum direktori M.Djurayev ochib berdi. U o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etib, ularga ta’lim olishda ulkan zafarlar, mustahkam bilim va kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi. 🇺🇿 Shundan so‘ng Kasbiy ta’lim boshqarmasi bosh mutaxassisi S. Eshonqulov so‘zga chiqib, 2-sentyabr — Bilimlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bayram tabrigini yig‘ilganlarga o‘qib eshittirdi. ✨ Tadbir davomida yangi o‘quv yilining ilk kuni ko‘tarinki kayfiyat, bayramona ruh va ezgu tilaklar bilan kutib olindi. 📖 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, yangi marralar va yangi imkoniyatlar sari dadil qadamlar demakdir!

Batafsil
"Bitiruvchi – kelajak bunyodkorlari"
Tadbir

"Bitiruvchi – kelajak bunyodkorlari"

Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida "Bitiruvchi – kelajak bunyodkorlari" nomli diplom topshirish tantanali marosimi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Surxondaryo viloyati Kasbiy ta'lim boshqarmasi boshlig‘i B. Kurbanov Zoom platformasi orqali ochib berib, bitiruvchilarni hayotlaridagi muhim va unutilmas sana bilan samimiy tabrikladi hamda ularga kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Shundan so‘ng texnikum direktori N. Abduraxmonova so‘zga chiqib, bitiruvchilarni diplom olganliklari bilan muborakbod etdi. Direktor o‘z nutqida bitiruvchilarning egallagan bilim va kasbiy ko‘nikmalari yurtimiz sog‘liqni saqlash tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi hamda ularga kasbiy faoliyatida yuksak marralar, mas'uliyat va fidoyilik tiladi. Marosim davomida bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Tadbir ko‘tarinki kayfiyat, samimiy tabriklar va quvonchli lahzalarga boy tarzda o‘tdi.

Batafsil