Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!

“YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!”
💚 Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!
📅 Joriy yilning 9-sentyabr kuni Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida “Yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!” mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi.
🎨 Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tushuncha va ogohlikni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
🖌 Tanlov davomida o‘quvchilar o‘z ijodiy ishlari orqali giyohvandlikka qarshi qat’iy munosabatini, sog‘lom va farovon hayotga bo‘lgan intilishini ifodaladilar.
🌱 Sog‘lom yoshlar — sog‘lom kelajak!
🚫 Giyohvandlikka yo‘q deymiz!
💪 Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!
