Orqaga

"Bitiruvchi – kelajak bunyodkorlari"

"Bitiruvchi – kelajak bunyodkorlari"

Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida "Bitiruvchi – kelajak bunyodkorlari" nomli diplom topshirish tantanali marosimi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Surxondaryo viloyati Kasbiy ta'lim boshqarmasi boshlig‘i B. Kurbanov Zoom platformasi orqali ochib berib, bitiruvchilarni hayotlaridagi muhim va unutilmas sana bilan samimiy tabrikladi hamda ularga kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Shundan so‘ng texnikum direktori N. Abduraxmonova so‘zga chiqib, bitiruvchilarni diplom olganliklari bilan muborakbod etdi. Direktor o‘z nutqida bitiruvchilarning egallagan bilim va kasbiy ko‘nikmalari yurtimiz sog‘liqni saqlash tizimi rivojiga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi hamda ularga kasbiy faoliyatida yuksak marralar, mas'uliyat va fidoyilik tiladi.

Marosim davomida bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Tadbir ko‘tarinki kayfiyat, samimiy tabriklar va quvonchli lahzalarga boy tarzda o‘tdi.