YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI

TERMIZ ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMIDA YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI!
📚 2-sentyabr — Bilimlar kuni munosabati bilan Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
🎓 Tadbirni texnikum direktori M.Djurayev ochib berdi. U o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan muborakbod etib, ularga ta’lim olishda ulkan zafarlar, mustahkam bilim va kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
🇺🇿 Shundan so‘ng Kasbiy ta’lim boshqarmasi bosh mutaxassisi S. Eshonqulov so‘zga chiqib, 2-sentyabr — Bilimlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bayram tabrigini yig‘ilganlarga o‘qib eshittirdi.
✨ Tadbir davomida yangi o‘quv yilining ilk kuni ko‘tarinki kayfiyat, bayramona ruh va ezgu tilaklar bilan kutib olindi.
📖 Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar, yangi marralar va yangi imkoniyatlar sari dadil qadamlar demakdir!
