ERTALABKI SAFLANISH — KUNNING TARTIBLI BOSHLANISHI

Termiz Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida ertalabki saflanish tadbiri tashkil etildi.
📌 Saflanish davomida o‘quvchilarning davomat, ichki tartib-qoidalarga rioya etishi, odob-axloq me’yorlari, kiyinish madaniyati va dars mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida qatnashishi yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.
🌅 Ertalabki saflanish — o‘quvchi-yoshlarni intizomli, mas’uliyatli va faol bo‘lishga undaydigan muhim tarbiyaviy jarayonlardan biridir.
✨ Tartib-intizom — ta’lim va tarbiya samaradorligining muhim omili!
